У нас есть только
оригинальные песни

Mirziyoyev Andijonda banan yetishtiriluvchi issiqxonani kirib ko'rdi

calendar 19.05.2018
1560

Shavkat Mirziyoyev o'tgan yili 2 iyunda Andijon viloyatida bo'lganida Asaka tumanida zamonaviy issiqxona qurish loyihasi taqdim etilgan edi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Tadbirkor tashabbusi va davlat ko'magi natijasida ushbu loyiha qisqa davrda ro'yobga chiqdi. «Sabo hamkor» mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan gidroponika usulida banan va pomidor yetishtiriluvchi issiqxonalar bunyod etildi. Turkiyaning «Asya Modern Serachilik» kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan innovatsion uskunalar olib kelindi. 

Prezident mazkur issiqxonalarni kirib ko'rdi. Kompyuter orqali boshqariladigan sovitish va sug'orish tizimi bilan tanishdi.

2 gektarlik issiqxonada banan ko'chatlari parvarishlanmoqda. Birinchi mavsumda bu mevadan 250-300 tonna hosil olish kutilmoqda. Pomidor ko'chatlari ekilgan 1 gektarlik issiqxonadan joriy yilda 300 tonna hosil olish va qo'shni davlatlarga eksport qilish mo'ljallanmoqda. Korxonada 40 dan ortiq doimiy ish o'rni yaratilgan.  

Jamiyat tomonidan kelgusida ushbu zamonaviy issiqxona majmuasini kengaytirish, mahsulotni qayta ishlash va saqlash sharoitini yaratish rejalashtirilmoqda.

 

Яндекс.Метрика