Mirziyoyev elektr energiyasi va tabiiy gaz bo'yicha yig'ilish o'tkazdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 13 oktabr kuni sanoat va ijtimoiy soha ob`yektlari, aholini tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta`minlash, bu boradagi qarzdorlikni bartaraf etish, ushbu yo'nalishdagi amaliy chora-tadbirlarga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Ushbu masalalar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbariyati va tegishli mutasaddilar hisoboti tinglandi. Bu haqda O'zA xabar berdi.

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Respublika Bosh prokurori, “O'zbekenergo”, “O'ztransgaz” kompaniyalari rahbarlari, mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi. 

Asosiy e`tibor, avvalo, aholi, ishlab chiqarish ob`yektlari, ijtimoiy muassasalarni tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta`minlash, bu boradagi to'lovlarning amalga oshirilishi, bugungi holat va muammolarga qaratildi. 

Sohada o'z yechimini kutayotgan muammolar hali ko'p. “O'zbekenergo” va “O'ztransgaz” tizimida yangilikka intilishning yetishmasligi, o'zibo'larchilik va talon-tarojlik holatlari mavjudligi, afsuski, hamon bu sohada muammolar saqlanib qolishiga sabab bo'lmoqda. 

Shavkat Mirziyoyev kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida ayrim sohalar rahbarlarining ishga sovuqqon munosabati, hamon uchrayotgan eskicha qarashlar mamlakat taraqqiyoti va aholi farovonligiga salbiy ta`sir ko'rsatishini inobatga olib, bunday holatlarga o'z vaqtida tegishli choralar ko'rish, ishni tashkil etishda yangicha yondashuvlarni hayotga tatbiq etib borish vaqti kelganini ta`kidladi. 

Tanqidiy tahlil ruhida o'tgan yig'ilishda Majburiy ijro byurosi faoliyati, qarzdorliklarni undirish, huquqbuzurliklarni fosh etish, sud hujjatlari ijrosini ta`minlash, tashkiliy-huquqiy tadbirlar bilan bog'liq masalalar muhokama etildi. 

Davlat rahbari yig'ilishda Majburiy ijro byurosi faoliyatini yanada takomillashtirish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etish, sanoat tarmoqlari mutasaddilari, mahalla faollari bilan hamkorlikni kengaytirish kabi muhim vazifalar bo'yicha topshiriqlar berdi.


Комментарии (0) | Добавить: 14.10.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Farg'onada Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri ishtirokidagi yig'ilish bo'lib o'tdi
O‘zbekiston tabiiy gaz qazib oluvchi mamlakatlar ro‘yxatida nechanchi o‘rinda ekanini bilasizmi?
Hamza – yangi o‘zbek adabiyoti asoschilaridan birimi?
Chingizxon haqida biz bilmagan faktlar
Apple xitoylik foydalanuvchlar ma’lumotlarini Xitoyga o‘tkazadi
Aholi qaysi tashkilotlardan ko'proq norozi?
Meksika prezidenti Tramp sababli AQShga safarini bekor qildi
Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini aprel oyida o'tkazadi
Poezdda Toshkentdan Xitoygacha borish mumkin bo'ladi
Soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar bilan tanishtiradigan sayt ishga tushdi
O‘zbekistonda iste’molchilar qaysi davlat idorasiga ko‘proq ishonadi?
Messi bir o'yinda ikki rekord o'rnatdi
MXX qanday bo'lishi kerak?
Davlat idoralari rahbarlariga muntazam ravishda jurnalistlar bilan uchrashish majburiyati yuklandi
Xitoyda 1,6 trln dollarlik loyihalarga start beriladi
2017 yilda Ukrainadan O'zbekistonga qancha pul yuborilgani aytildi
Umid Ahmadjonov yana bir tashkilot prezidenti etib saylandi
O'zbekistonda Facebook ishlamay qoldi
Kechiktirib bo'lmaydigan tibbiy yordam ko'rsatishni rad etganlik uchun qanday jarima belgilanadi?
Umid Ahmadjonov O‘zbekiston milliy termasining bo‘lajak bosh murabbiyi bilan uchrashish uchun Dubayga uchib ketdi
Ravon brendi 2017-yil bo‘yicha Sibirda eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tkazilgan avtomobilga aylandi
“Suzuk ota” majmuasi 2018-yilgi mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi
Jahon iqtisodiyoti xakerlar sababli 600 mlrd dollarlik ziyon ko'rdi
Bojxona qo'mitasining yangi raisiga yangi o'rinbosar tayinlandi
Markaziy Osiyodagi eng korrupsiyalashgan davlat ma`lum qilindi
Qashqadaryoda yuziga niqob kiygan shaxslar omborxonaga hujum qildi
Qozog'iston lotin alifbosiga o'tdi
Saudiya Arabistonida bouling va bilyard-klublar ochishga ruxsat berildi
Qo'shni respublikalar bilan tinchlik-totuvlikda yashash kerak – Sooronbay Jeenbekov
Xitoyda grippga qarshi yangi vaksina yaratildi