У нас есть только
оригинальные песни

Mirziyoyev: O'zbekiston Qambar ota GESni Qirg'iziston bilan birga quradi

calendar 06.09.2017
1024

O'zbekiston va Qirg'iziston Respublikalari Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atamboyev 5 sentabr kuni «Davlat chegaralari to'g'risida»gi hujjatni imzolagani haqida xabar berilgan edi. Atamboyevning so'zlariga ko'ra, o'zbek-qirg'iz chegarasining 85 foizi aniqlab bo'lingan. 

«Davlat chegaralari to'g'risidagi shartnoma – siyosiy iroda va kelishuvdir. Kelishish mumkin ekan-ku. Biz tarixni tiklayapmiz. Aytmatov bekorga bu haqda gapirmagan. Tarix tiklangani bilan sizni ham o'zimni ham tabriklayman. Ayrim qaltis masalalar yuzasidan Almazbek Sharshenovich bilan kelishib oldik. Shu sababli, ularda hal qilinadigan narsa qolmadi. Biz mazkur uchrashuvga muhim ahamiyat beramiz. Hozir odamlar: «Nahotki, biz avvallari bo'lgani kabi Andijon va O'shga borib-kelamiz?», deb savol bermoqda. O'zim uchun aytsam, men buni juda xohlayman. Biz odamlar uchrashishlari va savdo qilishlari uchun barcha narsani qilishga tayyormiz. Asosiysi, xalaqit qilmaslik. Imkonimiz bo'lsa yordam beraylik, ammo xalaqit qilmasligimiz kerak», - degan Shavkat Mirziyoyev 5 sentabr kungi kengaytirilgan majlisda. 

«Bu birinchi navbatda, doimo do'stim va birodarim deb ataydigan Shavkat Miromonovichning ulkan xizmatidir, - deya izoh bergan Almazbek Atamboyev. – Biz qachonlardir yagona davlat Qo'qon xonligi edik. 1991 yilgacha chegaralar bo'lmagan. Ammo, keyin bu katta muammoga aylandi va hatto Farg'ona vodiysi uchun fojia bo'ldi. Albatta, juda ko'plab muammolar bo'ldi, ba`zilari sun`iy, ayrimlari tashqi kuchlar tomonidan uyushtirildi. Biroq, hammasini hal qilish mumkin bo'ldi. Tor doiradagi muzokaralarda biz barcha masalalar bo'yicha o'zaro tushunishga erishdik va men O'zbekistonga taklifni qabul qildim».

Shavkat Mirziyoyevning fikricha, OAV ushbu tarixiy kun haqida bong urishi kerak. «Biz imkon qadar bu kun kelishini tezlashtirdik. Biz o'zaro ishonchli va ochiq suhbat qurdik. Ko'p narsalarni hal etdik. Bugun xohish-istak bo'lgani uchun ko'p narsaga erishdik. Biz tariximiz va kelajagimizni tiklayapmiz. Men sizni davlat tashrifi bilan O'zbekistonga taklif qilaman», - deya o'z taklifini takrorlagan Mirziyoyev.

Uning va`da qilishicha, tomonlar qisqa muddatda chegaraning qolgan 15 foizini ham aniqlab oladi, eng jiddiy masalalarni hal etadi. 

O'zbekiston Prezidenti suvdan foydalanish va GES qurilshi masalasiga ham alohida to'xtaldi. «Atamboyev aytdiki, O'zbekiston ishtirokisiz birorta ha GES barpo etilmaydi. Biz birgalikda Qambar ota GESini barpo etamiz, moliyaviy va boshqa masalalarda yordam beramiz. Uu bizga zarur va kerak», - deb qo'shimcha qilgan Mirziyoyev.

Яндекс.Метрика