У нас есть только
оригинальные песни

Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi ikki tuman hokimini va yana bir qancha amaldorlarni ishdan oldi

calendar 21.07.2017
1932

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga safari vaqtida bir qator amaldorlarni ishdan bo'shatdi.

To'ytepa shahrida joylashgan Toshkent viloyati hokimligi binosida Shavkat Mirziyoyev raisligida viloyat faollari bilan o'tkazilgan yig'ilishda davlat rahbari tumanlarda kommunal sohalardagi muammolar to'planib qolganiga e`tibor qaratdi.

«Kun.uz» manbasi xabar qilishicha, Angren va Ohangaron hokimlari Ibrohim Rahmonov va Rustam Ubaydullayev lavozimini tark etdi.

Markaziy bankning Toshkent viloyati bosh boshqarmasi Baxtiyor Otamurodov va viloyat o'rta maxsus, kasb-hunar ta`limi boshqarmasi rahbari Botir Ahmedov ham ishdan ketgan.

Shuningdek, prezident davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi viloyat bo'limi rahbarini, O'rta Chirchiq va Pskent tumanlarida prokurorlar va IIV boshliqlarini lavozimdan ozod etgan.

Amaldorlar beparvoligi, mas`uliyatsizligi va ishga sovuqqonlik bilan qarashi sabab ishdan bo'shatildi.

Яндекс.Метрика