Mirziyoyev yig'ilish o'tkazdi, strategik loyihalar elektr energiyasi bilan barqaror ta`minlanadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 26 yanvar kuni Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2026 yilgacha quriladigan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini kafolatlangan elektr energiyasi bilan ta`minlash dasturini amalga oshirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentimiz tomonidan kombinatning salohiyatini yanada oshirish, korxonalarni modernizatsiya qilish va yangilarini ishga tushirish bo'yicha qator chora-tadbirlar belgilangan. Xususan, 2026 yilgacha qiymati 3 milliard dollar bo'lgan 27 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish ishlari boshlab yuborilgan.

Biz o'z oldimizga ulkan marralar qo'yganmiz, dedi davlat rahbari. Bu strategik quvvatlar ishga tushishi bilan mamlakat iqtisodiyotiga har yili bir milliard dollardan ziyod qo'shimcha mablag' tushadi, odamlar yangi ish o'rinlari bilan ta`minlanadi.

Mazkur 27 ta loyihani amalga oshirish natijasida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining ishlab chiqarish hajmi 30 foizga oshadi, 30 mingdan ortiq qo'shimcha ish o'rni yaratiladi.

Bunday ko'p va yirik korxonalarni qurish hamda uzluksiz ishlashini ta`minlash uchun qo'shimcha energiya resurslariga ehtiyoj tug'iladi. Xususan, 2026 yilga borib Navoiy kon-metallurgiya kombinatining elektr energiyasiga bo'lgan talabi 303 megavattga oshib, 703 megavattga yetadi.
Yig'ilishda kombinatdagi yangi quvvatlarni elektr energiyasi bilan ta`minlashga qaratilgan loyihalarni o'z vaqtida va sifatli amalga oshirish borasidagi ishlar atroflicha muhokama etildi.

Joriy yil 9 yanvar kuni Navoiy kon-metallurgiya kombinatining yangi ob`yektlari, jumladan, 2 ta yirik gidrometallurgiya zavodini elektr energiyasi bilan ta`minlash maqsadida alohida dastur qabul qilindi. Unga muvofiq, qiymati 1 milliard 900 million dollarlik 16 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.

Jumladan, Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida 2019 yilda umumiy quvvati 510 megavatt bo'lgan 2 ta yangi energoblok qurilib, jami quvvati 1 ming 10 megavattga yetkaziladi. Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 2019 yil va 2023 yilda quvvati 450 megavattdan bo'lgan 2 ta bug'-gaz qurilmasi qurilib, stansiyaning jami quvvati 2 ming 258 megavattga yetkaziladi. Bundan tashqari, 10 ta podstansiya va 1 ming kilometrdan ziyod tashqi elektr tarmoqlari quriladi.

Prezident mazkur ishlarning ahamiyatini alohida ta`kidlab, bu boradagi dolzarb vazifalarni belgilab berdi.

Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini elektr energiyasi bilan ta`minlashga qaratilgan har bir investitsiya loyihasi bo'yicha “yo'l xarita”larini ishlab chiqish, ularda loyiha hujjatlarini tayyorlashdan tortib, ob`yektlarni foydalanishga topshirishgacha bo'lgan har bir jarayonning aniq muddatlari belgilash zarurligi qayd etildi.

Energetika sohasini 2018-2028 yillarda rivojlantirish Kontseptsiyasini ishlab chiqish, bunda qayta tiklanadigan, muqobil energiya manbalarni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratish vazifasi qo'yildi.

Loyihaoldi hujjatlari va import shartnomalarini tez va sifatli ekspertizadan o'tkazish, jarayonga chuqur bilimga ega mutaxassislarni jalb etish bo'yicha topshiriqlar berildi.

Bug'-gaz qurilmalarini barpo etishni videokuzatuv orqali nazorat qilish, qurilish, elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va iste`mol qilish jarayonlari xavfsizligini ta`minlash masalalariga e`tibor qaratildi.

“O'zbekenergo” kompaniyasiga qurilish ishlariga tarmoq korxonalarini kengroq jalb qilish hamda mahalliy mahsulotlardan foydalanish, buning uchun tizimdagi pudrat tashkilotlarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash topshirildi. 

Mazkur kompaniyani davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, loyihalarni xorijiy sarmoyadorlar ishtirokida moliyalashtirish va boshqa masalalar ko'rib chiqildi.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Комментарии (0) | Добавить: 26.01.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi
Amazon narxi ilk marta trillion dollardan oshdi
“Afrosiyob” elektropoyezdi 7-sentabrdan Shahrisabzga qatnovlarni boshlaydi
Butun dunyodagi ko'chmas mulkning umumiy qiymati ma`lum qilindi
Misr prezidenti O'zbekistonga keldi
Poroshenko Londondan Kiyevga oddiy yo'lovchi samolyotda uchib keldi
Censatsiya: «Mangu» – milliy «bitkoin»
Shrink Me – surat sifatini saqlagancha hajmini kichraytirib beruvchi bepul servis!
“Terpila”, sen erkakmassan! – Toshkentda go'dakning hayotini saqlab qolmoqchi bo'lgan erkak shunday rahmat eshitdi
Bolani vaqtida uxlatish uchun charchatish kerak…
Kadastr hujjati yuqolgan bo'lsa nima qilish kerak?