У нас есть только
оригинальные песни

Misr aeroportlarini hususiy hodimlar qo'riqlaydi

calendar 30.08.2016
1051

«Fal'kon» hususiy qo'riqlash firmasi hodimlari Misr aeroportlarida faoliyat yurita boshlaydi. Ular birinchi bo'lib Sharm-ash-Shayh aeroportida ish boshlashadi. Keyinroq, Qohira va Hurgada aeroportlarida ham qo'riqchilik qilishadi. 

«Biz yangi uskunalar harid qildik, tizimlarning o'zlari ham yangilandi. O'ylaymizki, bularning bari samara beradi», — deya qo'riqlash tashkiloti vakili Ilhomiy az Zayat so'zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi. 

«Fal'kon» hodimlari yo'lovchilar va yuklarni tekshirish ishlarini bajarishadi. 

Misr fuqaro aviatsiyasi vazirligi habar qilganidek, Rossiya talabi bilan Misr aeroportlarida kuzatuv videokameralari va biometrik uskunalar o'rnatiladi.

Яндекс.Метрика