У нас есть только
оригинальные песни

Misr va Xitoy Sfinks nusxasi ustida bahslashmoqda

calendar 08.06.2018
924

Ikki yil ilgari Misr hukumati Shitszyachjuan shahri yaqinidagi mavzuiy parkda o'rnatilgan Katta Sfinks nusxasini demontaj qilishga erishgan edi, biroq xitoyliklar sayyohlar uchun bu "replika"ni yana ochishdi. ATOR shu haqida xabar berdi.

Sfinks nusxasi birinchi marta Xitoyda 2014 yilda paydo bo'lgan: uni Xitoy kinokompaniyasi bir filmga dekoratsiya sifatida qurgan, biroq keyin balandligi - 20 metr, eniga 60 metr keluvchi "rekvizit" Xebey provinsiyasidagi mavzuiy parkda paydo bo'ldi va bu yerning eng markaziy attraksionlaridan biriga aylandi.

Misr qadimiy obidalar vazirligi YuNeSKOga soxta Sfinks ustidan shikoyat qilib, uni insoniyat madaniy merosiga tajovuz sifatida baholadi. Ularning fikricha, soxta nusxa haqiqiy Katta Sifnksga doir tasavvurlarni buzadi va Misrning turizm hamda kinosanoat daromadlarini kamaytiradi. 

Ikki yildan keyin Misr hukumati Xebeydagi haykalning demontajiga erishdi. Biroq 2018 yilning may oyida Xitoydagi Sfinks nusxasi yana qayta tiklandi va bu Misrda yana norozilik to'lqinini uyg'otdi. 

Misr qadimiy obidalar vazirligi YuNeSKO va XXR TIVga soxta Sfinksni yo'q qilishni talab qilib murojaat qilishga tayyor ekanini bildirdi. 

Яндекс.Метрика