У нас есть только
оригинальные песни

Misrda 4 yoshli bolakay umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi

calendar 20.02.2016
3450

Misrda yashovchi to‘rt yoshli Mansur Karniy sakkiz marotaba odam o‘ldirishga qasd qilish, davlat mulkiga ziyon yetkazish, harbiy va politsiyachilarga tahdid solish va madaniy yodgorliklarni vahshiylarcha vayron qilish jinyoatlarini sodir etganlikda ayblanib, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi. Bu haqda UNN agentligi bergan ma’lumotlarga asosan “Segodnya.ua” xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, hukm qabul qilgan sudya jinoyat ishi materiallari bilan tanishib chiqmagan.

“Tergovda bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bo‘lgan. Shunga qaramasdan, ular jinoyat ishini tegishincha harbiy sudga yuborgan. Bolakay sud majlisida ishtirok etmagan. Unga nisbatan sirtdan hukm qabul qilingan”, ― dedi Mansurning advokati.

Yuristning ta’kidlashicha, rasmiylar Ahmad Mansur Karniyni uning katta yoshli boshqa bir adashi bilan adashtirgan.

Яндекс.Метрика