У нас есть только
оригинальные песни

Misrda qulagan Rossiya samolyoti to‘liq vayron bo‘lgan

calendar 31.10.2015
1985

Misrda qulagan Rossiyaning "Kogalimavia” aviakompaniyasiga tegishli samolyot aviahalokat natijasida to‘liq vayron bo‘lgan.
Reuters’ning hodisa joyida ishlayotgan Misr shoshilinch xizmatlari vakiliga asoslanib qayd etishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar halok bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, 31-oktabr, shanba kuni Sinay yarimoroli shimolida "Kogalimavia” aviakompaniyasining Sharm-ash-Shayxdan Sankt-Peterburgga uchayotgan samolyoti quladi. Flightradar24 ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot qulashdan avval parvoz balandligini keskin pasaytirgan. Samolyot bortida 214 nafar yo‘lovchi va ekipajning 7 nafar a’zosi — jami 224 kishi bo‘lgan. Yo‘lovchilarning 17 nafari bolalar ekani aytilmoqda.
Яндекс.Метрика