У нас есть только
оригинальные песни

“Missis Dunyo − 2015” maqomi kanadalik ayolga berildi

calendar 30.08.2015
2586

Belarus poytaxti Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan "Missis Dunyo – 2015” tanlovida kanadalik Eshli Burnxem g‘olib chiqdi.
Undan keyingi o‘rinlarni Janubiy Afrika, Ukraina va Kosta-Rika vakilalari egalladi. BuzzFeed portali xabariga ko‘ra, Burnxem model va aktrisa sifatida faoliyat olib boradi. "‘Missis Dunyo’ tanlovining yangi g‘olibasiga aylanganimdan faxrlanaman! Men mazkur sovrinni qo‘lga kiritgan Shimoliy Amerika hindularining ilk vakilasiman. Shuningdek, ‘Missis Dunyo’ sifatida tan olingan ilk kanadalikman. Juda ham xursandman”, — deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi Burnxem. O‘tgan yilgi tanlov AQShning Merilend shtatida bo‘lib o‘tgan, unda Belarus vakilasi Marina Alekseychik g‘alaba qozongan edi.
Яндекс.Метрика