У нас есть только
оригинальные песни

Mo‘ynoq tumani aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash choralari belgilandi

calendar 13.02.2017
1226

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qaroriga binoan Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumani aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash choralari belgilandi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Ushbu maqsadda joriy yil 1-iyulga qadar suv taqsimlash tarmoqlariga ega qiymati 26,4 milliard so‘m bo‘lgan “Qo‘ng‘irot—Mo‘ynoq” suv quvurini ishga tushirish loyihasi amalga oshiriladi. Loyihani moliyalashtirish manbalari sifatida “O‘zkommunxizmat” agentligiga ajratilgan markazlashgan investitsiyalar (10,4 milliard so‘m), Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjeti mablag‘i (5 milliard so‘m), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mablag‘i (5 milliard so‘m) va xayriya mablag‘lari (6 milliard so‘m) belgilangan.

2017-yil 1-aprelgacha loyiha bir vaqtning o‘zida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan birga amalga oshiriladi. Maxsus qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun subpudratchi tashkilotlar tender savdolarisiz jalb etiladi.

Loyiha ishtirokchilariga soliq va bojxona to‘lovlarida imtiyozlar ko‘zda tutilgan.

Яндекс.Метрика