У нас есть только
оригинальные песни

Moldova va Dnestrbo‘yi rahbarlari sakkiz yil ichida birinchi marta uchrashdi

calendar 05.01.2017
736
Tan olinmagan Dnestrbo‘yi Moldova Respublikasi prezidenti Vadim Krasnoselskiy Moldova prezidenti Igor Dodon bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda “RBK”.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar fuqarolarning ko‘chib yurishi, barcha hujjatlarning tan olinishi va aloqa masalalarini muhokama qildi. Krasnoselskiy “uchrashuv mazmunga boy o‘tgani, bundan keyin esa ikki tomon birga ishlashi”ni ta’kidladi.

Dodon davlat rahbarlari majburiyatlariga fuqarolar farovonligini oshirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish kirishi haqida fikr bildirdi. Bu borada Moldova va Dnestrbo‘yi iqtisodiyoti bilan bog‘liq masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

Ammo tomonlar siyosiy masalalarni muhokama qilmadi. Dodon Dnestrbo‘yining maqomini muhokama qilish masalasi ikkala respublika fuqarolari ushbu uchrashuvda qabul qilingan qarorlar natijalarini ko‘rganidan keyin hal etilishini aytdi.
Яндекс.Метрика