New Line Cinema kinokompaniyasi Mortal Kombat kompyuter o'yini motivlari asosida yangi film suratga olishga tayyorlik ko'rmoqda. Bu haqda The Tracking Board xabar berdi.
Mazkur filmni suratga olish "Arra”, "Astral” va "Forsaj-7” filmlari rejissyori Jeyms Vanga topshiriladi.
Syujet tafsilotlari sir tutilayotgan bo'lsa-da, rejissyorning ta'kidlashicha, film bosh qahramoni bo'lgan erkak kishi gallaktikalararo jang turnirida ishtirok etadi.
Eslatib o'tamiz, Mortal Kombat haqidagi birinchi film bundan 20 yil muqaddam – 1995 yilda ekran yuzini ko'rgan bo'lib, uning davomi 1997 yili suratga olingan. Shuningdek, 2011 yilda "O'lim jangi: meros” seriali ham namoyish etilgan.