У нас есть только
оригинальные песни

Moskva sudi Telegram’ni FXX talabini bajarmagani uchun 14 ming dollar jarimaga tortdi

calendar 16.10.2017
1088

Moskva shahridagi Meshanskiy tuman sudi Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga ma’lumotlar taqdim etishdan bosh tortgani uchun Telegram Messenger LLP kompaniyasini 800 ming rubl (qariyb 14 ming dollar) miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda

Sudya kompaniyani ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor deb topdi. Agar messenjer qonunda belgilangan muddat davomida jarimani to‘lamasa, undan jarima ikki barobar undiriladi. 

Sud bayonnomasida FXX 14-iyulda messenjerga qonun talabini bajarish va shifr kalitlarini taqdim etish uchun ogohlantirish yo‘llagani qayd etilgan. Kompaniya bu talabni 5 kun mobaynida bajarishi lozim edi. Biroq avgust oxiri holatiga ham talab bajarilmadi.

Sudyaning aniqlik kiritishicha, FXX olti raqam haqida ma’lumot so‘ragan. 

Яндекс.Метрика