У нас есть только
оригинальные песни

Moskva viloyatida 26 nafar o‘zbekistonlik zaharlandi. Ulardan biri vafot etdi

calendar 22.08.2018
1126

Moskva viloyatining Kotelniki shahrida BOES Construction kompaniyasiga qarashli qurilishda ishlovchi 26 kishi 21-avgust kuni soat 10:05 atrofida shahar kasalxonasining tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limiga ovqatdan zaharlanish tashxisi bilan yotqizildi. Bu haqda rossiyalik hamkasblariga tayanib, FVV axborot xizmati ma’lum qildi.

Jabrlanganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarosi ekanligi aniqlandi.

Ular 18-avgust kuni oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilganidan so‘ng sog‘liqlari yomonlashgan. Uy sharoitida urinishlar samarasiz bo‘lgach, Kotelniki shahar tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limiga yordam so‘rab murojaat qilishgan.

Tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga yetib kelgan va 24 nafar jabrlanuvchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan. Ularning 23 nafari kasalxonaga yotqizilgan, 2 nafari davolanishdan bosh tortgan va 1 nafari tibbiy yordam yetib kelguniga qadar vafot etgan. Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlarga “Gastroenterit” tashxisi qo‘yilgan.

Lyubersi shahridagi 1-sonli kasalxonaga yotqizilganlar:

Matanov Modat Rimbayevich — 35 yoshda;

Qozoqboyev Usmon Begamovich — 20 yoshda;

Narboyev Sharafbek Mumichovich — 42 yoshda;

Talimov Husan Shonovich — 29 yoshda;

Muxtorov Anji Yusupovich — 30 yoshda;

Muyudov Ulug‘bek — 48 yoshda;

Zaynetdinov Hoshimjon Abdullajon o‘g‘li — 19 yoshda;

Eshquvvatov Sobirjon Shobirjonovich — 20 yoshda.

Lyubersi shahridagi 2-sonli kasalxonaga yotqizilganlar:

Xoldorov Doniyor Mamarasulovich —21 yoshda;

Tursunov Quvonch Zafarovich — 19 yoshda;

Kamalov Samaridin Tolxinovich — 20 yoshda;

Xudoyqulov Anvar Ro‘zmamatovich — 40 yoshda;

Qudratov Zarif Nabiyevich — 33 yoshda.

Ramenskaya markaziy kasalxonasiga yotqizilganlar:

Tayumov Ebabek Abdurazzoqovich — 31 yoshda;

Tagayev Lochin Gulmuradovich — 31 yoshda;

Babadjanov Artur Raximbekovich — 31 yoshda;

Abdullayev Muxtor Sobirovich — 46 yoshda;

Davlatov Izzatbek Xudoyberganovich — 22 yoshda;

Axmedov Maksadbek Rajabovich — 23 yoshda

Jukovskiy shahar kasalxonasiga yotqzilganlar:

Chuxoyev Abduxalim Abduraxmonovich —29 yoshda;

Rasulov Otabek Normaygaliyevich — 21 yoshda;

Ermakov Xursand Soatbekovich — 20 yoshda;

Torshiyev G‘ayrat Xurramovich — 40 yoshda.

Hozirgi vaqtda 23 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda va ularning ahvoli yaxshilanmoqda.

Kasalxonaga yotqizishdan bosh tortganlar

Obidov Suhrob Zuhratdinovich — 39 yoshda;

Tarimov Akbar Egamberdiyevich — 38 yoshda.

Vafot etgan fuqaro:

Eshmetov Odilbek Otanazarovich, 1985 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi marhumni vataniga olib kelish uchun tegishli choralar ko‘rmoqda.

Яндекс.Метрика