У нас есть только
оригинальные песни

Moskva yaqinida yana bir xalqaro aeroport ochildi

calendar 30.05.2016
1487

Rossiya federatsiyasi bosh vaziri Dmitriy Medvedev Moskva shahri atrofidagi Ramensk tumani hududida «Jukovskiy» nomli xalqaro aeroportning ochilish marosimida ishtirok etdi.


Xabar qilinishicha, aeroport Rossiyaning «Skay Geyts Eyrlayns» va «Aviastar-TU» aviakompaniyalariga ham xizmat ko'rsatadi. Bu aviakomapaniyalar samolyotlari yuk tashish reyslarini amalga oshiradi.Bu Rossiya poytaxti hududidagi to'rtinchi xalqaro aeroport bo'ldi. «Interfaks» axborot agentligi xabariga ko'ra, bu aeroportdan Qozog'istonning Scat va Qirg'izistonning Air Kyrgyzstan aviakompaniyalari foydalanishi bo'yicha kelishuv imzolangan.


Ushbu aeroport poytaxtdan ancha chekkada joylashgani bois (1 soatlik masofa) transport bilan bog'liq muammolar yuzaga kelishi mumkin.«Jukovskiy» aeroporti 2014 yilda xalqaro standart bo'yicha kengaytirilishi boshlangandi. Uning yo'lovchilar uchun terminali 17 km kv hududni egallagan. Keyingi 5 yil davomida aeroport 10 mlrd rubl miqdorida investitsiyani o'zlashtirishi rejalashtirilgan.

Яндекс.Метрика