У нас есть только
оригинальные песни

Moskvada avtobus haydovchilari boshqara oladigan svetofor paydo bo'ladi

calendar 27.08.2016
1454

Moskvada avtobus haydovchilari boshqara oladigan svetofor paydo bo'ladi. Bu haqda 26 avgustda "Tsentr organizatsii dorojnogo dvijYeniya" tashkiloti rahbari o'rinbosari Artur Shahbazyan ma`lum qildi. 

Shahbazyanning aytishicha, yangi svetofor 28 avgustdan boshlab ishlaydi. "Endi avtomobillar tunnel' ortidan o'tib, Znamenka ko'chasi boshida Gogol' hiyoboniga chiqadilar", deb aytdi Shahbazyan. Uning tushuntirishicha, bu burilishda avtobus haydovchilari pul't yordamida boshqaradigan svetofor o'rnatilgan.

Bu burilishga faqatgina bir yo'nalishdagi avtobuslar kira oladi.

Shahbazyanning ta`kidlashicha, yangi svetofor joriy yil natijalariga ko'ra "Moya ulitsa" dasturiga muvofiq burilish harakatini tashkillashtirish sohasidagi yagona o'zgartirish bo'ladi.

 

Яндекс.Метрика