У нас есть только
оригинальные песни

Moskvada Islom Karimov haykali o'rnatilishi mumkin

calendar 04.09.2016
4369


O'zbekiston respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovga Rossiya federatsiyasi poytahti Moskva shahrida haykal o'rnatilishi mumkin. Bu haqda riamo.ru sayti Madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar bo'yicha Moskva shahar Dumasi raisi Yevgeniy Gerasimovga asoslanib habarbergan.
«Moskvadagi O'zbekiston elchihonasi yoki konsullik binosi yaqinida hurmatli Karimov uchun yodgorlik o'rnatilishi va haykal uchun munosib joyni belgilash juda muhim. Bu bizning halqimiz birodarligi ramzi bo'ladi», – degan Gerasimov.
U Islom Karimovning O'zbekiston va Rossiya munosabatlari rivojida va o'zbek halqining farovonligi yo'lidagi hizmatlari beqiyos bo'lganini qayd etib o'tgan.
«U Sobiq Ittifoq davrida va undan keyin ham ko'plab millatlarni birlashtirgan Yetakchi edi. U ko'plab odamlarning hurmatiga sazovor bo'lgan inson edi. Karimov tinchlik va ahillikni ta`minlash uchun juda ko'p mehnat qildi», – degan Gerasimov.

Яндекс.Метрика