У нас есть только
оригинальные песни

Moskvada Islom Karimov xotirasiga haykal o'rnatiladi

calendar 29.10.2016
4129

Moskvada O'zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga haykal qo'yish masalasi 8 dekabrda Moskva shahar dumasi huzuridagi monumental san`at bo'yicha komissiyasi yig'ilishida ko'rib chiqiladi va ijobiy hal qilinishiga shubha yo'q. Bu haqda TASS axborot agentligiga Rossiyaning xizmat ko'rsatgan arxitektori Igor Voskresenskiy ma`lum qilgan

"Moskva hukumatiga Islom Karimovga haykal o'rnatish taklifi bilan O'zbekiston elchixonasi murojaat qildi, elchixona esa o'z navbatida O'zbekiston hukumati iltimosini bajargan. Endi Moskva hukumati bu masala bilan bizga chiqmoqda. Aminmanki, bu masala ijobiy hal qilinadi, chunki u davlatlararo darajada muhokama qilingan", deb aytdi Voskresenskiy.

"Haykal elchixona oldida, Karimov nomidagi xiyobonda o'rnatiladi", deb qo'shimcha qildi Voskresenskiy.

Uning aytishicha, marhum davlat yetakchilariga haykal qo'yish Moskvada o'ziga xos an`anaga aylangan. Shaharda Xo Shi Min (Vetnam), Georgiy Dimitrov (Bolgariya), Indira Gandi (Hindiston) sharafiga haykallar o'rnatilgan.

Яндекс.Метрика