У нас есть только
оригинальные песни

Moskvada metro stansiyalariga kiraverishda beton bloklar o'rnatilmoqda

calendar 30.12.2017
1163

Moskva metrosi stansiyalariga kiraverishda va odamlar gavjum joylarda beton bloklar o'rnatila boshlandi. Shaharliklar buni 25 dekabrda “Slavyanskiy bulvar” metrosi stansiyasidagi piyodalar yer osti o'tish joyida yuz bergan yo'l-transport hodisasi bilan bog'lay boshladilar. O'shanda avtobusning yer osti o'tish joyiga kirib ketishi oqibatida 4 kishi halok bo'lgandi. Biroq Moskva rahbariyati buni Yangi yil ta`tillari vaqtida xavfsizlikni ta`minlash bilan tushuntirmoqda.

“Moskva metrosining eng yuklangan stansiyalari va odamlar gavjum joylarda 30 dekabrgacha 800 ga yaqin beton blok o'rnatiladi. Xavfsiz hududlarni tashkillashtirish bo'yicha ishlar Moskvada birinchi marta o'tkazilmayapti. Yirik bayram tadbirlari oldidan bunga katta ahamiyat beriladi”, deyilgan Moskvaning xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash departamentida.

Bundan tashqari, xavfsizlik masalalari bilan shug'ullanuvchi barcha xizmatlar kuchaytirilgan tartibga o'tkazilgan. 

“Bu bizning tashabbus emas, biroq biz uni qo'llab-quvvatlaymiz. Bu choralar bayram oldi va bayram kunlari ko'ngilsiz hodisalarning oldini olish uchun ko'riladigan xavfsizlik choralaridir. Biz Yevropada aynan bayramlarda odamlarning transportda ataylab bosib ketilishlari yuz berayotganini ko'rmoqdamiz va bu hodisalar bizda yuz berishini istamaymiz. Aytish mumkinki, biz o'zgalar xatosida o'rganmoqdamiz”, deb izoh berdi ushbu holatga Rosgvardiya boshlig'i maslahatchisi Aleksandr Xinshteyn.

Яндекс.Метрика