У нас есть только
оригинальные песни

Moskvada nosoz bankomat ishsiz erkakka yarim million rubl chiqarib berdi

calendar 11.11.2016
1316

Moskva politsiyasi 40 yoshli ishsiz erkakni qo‘lga oldi, deb yozadi “Vesti.ru”.

U “Sberbank”da kredit to‘lash niyatida bankomat orqali to‘rt ming rublni naqdlashtirmoqchi bo‘lgan. Ammo so‘ralgan summa o‘rniga, bankomat erkakka 20 ming rubl chiqarib bergan.

Erkak o‘zini yo‘qotib qo‘ymasdan, jarayonni takrorlagan. Natijada, bankomatning ishdan chiqqanidan foydalanib, u qurilmadan 500 ming rubl chiqarib olgan.

Gumonlanuvchi bankda kredit to‘lamoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga tushirilgan. Undan mamlakatni tark etmaslik haqida tilxat olindi.

Яндекс.Метрика