У нас есть только
оригинальные песни

Moskvada o‘tkinchi ayol Putinni o‘pib oldi

calendar 21.07.2017
2600

Moskvaning Stariy Arbat ko‘chasida o‘tkinchi ayol Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yuzidan o‘pib oldi.

Voqea prezident Moskvadagi Xelsinki guruhi rahbari Lyudmila Alekseyeva bilan uchrashib, ko‘chaga chiqqach, yuz berdi.

U Arbat bo‘ylab sayr qilib yurgan sayyohlardan: “Xo‘sh, mamnunmisizlar?” — deb so‘radi. Ular ijobiy javob berdi. Shundan keyin prezident Rossiya poytaxtidagi ob-havo borasida ularning omadi chopganini aytdi.

Bundan tashqari, u chet ellik sayyohlar bilan ingliz tilida salomlashdi.

Ta’kidlanishicha, suhbat so‘ngida u ayollardan birini quchgan, u esa prezidentning yonog‘idan bo‘sa olgan.

Яндекс.Метрика