У нас есть только
оригинальные песни

Moskvada Shuhrat Abbosovning 85 yillik yubileyi nishonlanadi

calendar 14.01.2016
1172

18 yanvar kuni Moskvadagi Markaziy Kino uyida taniqli kinorejissyor Shuhrat Abbosovning 85 yillik yubiley kechasi bo'lib o'tadi. Bu haqda Sputnik agentligi Moskvadagi O'zbek milliy-madaniy avtonomiyasi saytiga asoslanib xabar qildi.

Tadbir Rossiya Kinematografchilar Uyushmasi, Rossiya Filmlar fondi, Kino aktyorlari gildiyasi va UzTvRus tomonidan tashkil qilingan.

Taniqli o'zbek rejissyori, stsenariy muallifi, pedagog va Xalq artisti Shuhrat Abbosov 1931 yil 16 yanvarda Qo'qonda tug'ilgan. “Toshkent – non shahri”, “Mahallada duv-duv gap”, “Sen etim emassan”, “Abu Rayhon Beruniy” kabi filmlarni tasvirga olgan. Hozirgi kunda Mannon Uyg'ur nomli O'zbekiston san'at va madaniyat institutida dars bermoqda.

Яндекс.Метрика