У нас есть только
оригинальные песни

Moskvada sodir bo'lgan portlashda jabrlanganlar soni to'rt nafarga etdi

calendar 08.12.2015
2196

Rossiya poytaxti Moskva shahridagi Pokrovka ko'chasida joylashgan avtobus bekatida ro'y bergan portlash natijasida jarohat olganlar soni to'rt nafarga etdi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.

“Aniqlashtirilgan ma'lumotlarga ko'ra, sodir bo'lgan hodisa natijasida to'rt kishi jabrlandi; ularning uch nafari shifoxonaga yotqizildi”, - deya xabar bermoqda Moskva sog'liqni saqlash departamenti matbuot xizmati.
Departamentning oydinlik kiritishicha, jarohat olganlarning ahvoli og'ir emas, ulardan biri shifoxonaga yotishdan bosh tortdi.

Avvalroq esa Pokrovka ko'chasida sodir bo'lgan portlashning kuchi 50 gr trotilga teng ekani ma'lum qilingan edi.
Hodisa joyida favqulodda xizmatlar ish olib bormoqda, Pokrovka ko'chasi bekitilgan.

Яндекс.Метрика