У нас есть только
оригинальные песни

Moskvadagi Sheremetyevo aeroportida ikki oydan beri Yaponiya fuqarosi yashamoqda

calendar 01.08.2015
1661


Rossiyalik jurnalistlar Moskvadagi Sheremetyevo aeroportida shu yilning may oyi oxirlaridan beri yashayotgan Yaponiya fuqarosi Tetsuya Abo haqida xabar topdi. NTV telekanali bilan suhbatda u vataniga qaytmaslik istagini siyosiy sabablar bilan bog‘ladi. Bu haqda “RBK” ma’lum qilmoqda. Abo jurnalist ekanligi va Yaponiyada yolg‘on ayblov bilan qamalib chiqqanini ma’lum qilib, uyiga qaytish niyati yo‘qligi, unga Rossiya fuqaroligi berilishida yordam ko‘rsatishni so‘ragan. 36 yoshli yaponiyalik aeroportda yashayotganini Sheremetyevoda ham tasdiqlashdi. “Yaponiya fuqarosi shaxsiy mablag‘i hisobiga istiqomat qilyapti va bizda unga nisbatan shikoyat yo‘q. U qonunlarni buzmayapti, shunga ko‘ra, uni aeroport hududidan chiqarib yuborish uchun asos ko‘rmayapmiz”, — deya ta’kidlagan Sheremetyevo vakili.
Яндекс.Метрика