У нас есть только
оригинальные песни

Moskvadagi tergov izolyatoridan Monte-Kristo uslubida qochgan tojik ushlandi

calendar 17.01.2016
1561

Rossiya Jazolarni ijro etish federal xizmatining Moskva bo'yicha boshqarmasi xodimlari 17 yanvarda Moskva viloyatining boshqa huquq-tartibot muassasalaridagi hamkasblari bilan birgalikda 13 yanvarda Moskvadagi 5-sonli “Vodnik” tergov izolyatoridan qochib ketgan tojikistonlik Odinaev Maruf Musoevichni Moskva viloyati hududida qo'lga tushirdilar. Bu haqda boshqarma matbuot xizmatima'lum qildi.

Odinaev Aleksandr Dyumaning “If qal'asi mahbusi” asari qahramoni graf Monte-Kristo qabilida qamoqdan qochishga muvaffaq bo'lgan. Mahbus o'sha kuni ozod etilishi kerak bo'lgan, tashqi ko'rinishi unga o'xshash va u bilan bir kamerada o'tirgan yurtdoshi o'rniga qamoqdan chiqib ketgan. Firib 7 soat o'tgandan keyin ma'lum bo'lgan.

Яндекс.Метрика