У нас есть только
оригинальные песни

Moskvalik haydovchi avtomobilining soyasi tufayli jarimaga tortildi

calendar 29.08.2016
1890

Moskvalik haydovchi avtomobilining soyasi yo‘ldagi yaxlit chiziq belgisini kesib o‘tgani uchun jarimaga tortilganini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti” “Drive2.ru” avtomobil internet-portaliga tayanib.

“Qoidabuzarlik” 25-avgust kuni Moskva avtomobil halqa yo‘li va Lipetskaya ko‘chasi tutashgan joyda sodir bo‘ldi. Avtomobilchining so‘zlariga ko‘ra, u Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasiga shikoyat yuborgan va javob kutmoqda.

Huquq-tartibot xodimlari voqea yuzasidan izoh berganicha yo‘q.

Яндекс.Метрика