У нас есть только
оригинальные песни

Moskvaning butun er usti transporti Wi-Fi’ga ulanadi

calendar 19.05.2016
995

2016 yil oxirigacha Moskvaning butun er usti transporti – avtobus, tramvay va trolleybuslar bepul simsiz internet – Wi-Fi’ga ulanadi. Bu haqda "Mosgortrans" DUKga iqtibos keltirgan holda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.

"Yangi xizmat yo'lovchilar orasida ommaviylashmoqda. Mosgortrans_Free tarmog'ida loyiha fevralda boshlangandan beri 250 mingdan ko'proq foydalanuvchi ro'yxatdan o'tdi, internet-sessiyalar miqdori milliondan oshib ketdi", deb aytdi korxona bosh direktori Еvgeniy Mixaylov.

Korxona ma'lumotlariga ko'ra, hozirda Moskvaning 4 mingdan ko'proq transport vositasiga Wi-Fi ulangan. Yo'lovchilar transportda Wi-Fi’ning borligini uning salonidagi maxsus ma'lumot nakleykasidan bilishlar mumkin.  

Яндекс.Метрика