У нас есть только
оригинальные песни

Mourino darvozabon boshiga butilka bilan urdi

calendar 13.12.2017
2604

"Manchester Yunayted" o'z maydonida "Manchester Siti"ga hisobni 1:2 ga boy bergan Angliya chempionatining 16- turidagi matchdan keyin shundoqqina tribuna tagida bu ikki komanda o'rtasida katta mushtlasnuv sodir bo'ldi. 
“ The Telegraph” nashrining xabar berishicha, mehmonlar derbidan so’ng juda kuchli shovqin-suron bilan, ya'ni yuqori pardalardda musiqa eshitib, o'zlari ham baland tovushda qo'shiq aytish bilan g'alabani nishonlay boshlashgan. Ularning o'zlarini bunday tutishi "MYu" bosh murabbiyi Joze Mourinoga yoqmagan. Chunki murabbiy buni hurmatsizlik deb bilgan va portugal tilida jim bo'lishlarini so'ragani. 
Tabiiyki, futbolchilarga raqiblar murabbiyi tomonidan berilgan tanbeh yoqmagan. Shu bois "Manchester Siti"ning darvozaboni Ederson unga peshvoz chiqib, tortisha boshlagan. Natijada Joze Mourino o'zini tutolmay, Edersonning boshiga qo'lidagi suv solingan plastik butilka bilan urgan. Buni ko'rgan “shaharliklar” unga javoban Mourino ustiga sut paketlarini otishgan va bu janjalga murabbiylar ham aralashib, katta mushtlashuv boshlangan. 
Oqibatda “shaharliklar” bosh murabbiyi Pepa Gvardiola maydonni yulingan qosh bilan tark etgan. Shuningdek “ManSiti”ning murabbiy yordamchisi Mikel Arteta ham bu janjaldan yaxshigina aziyat chekkan. 
Ammo “Marca” nashri voqealar rivojining boshqacha talqinini keltirmoqda. Unga ko'ra, «Siti» murabbiylari «Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibragimovichga qarata: «Ibra, juda ko'p gapirasan, biroq, kam harakat qilasan» - deya gap otgan. Shundan so'ng, janjal boshlanib ketgan va kamida 20 kishi aralashgan. 
Mushtlashuvda har ikki tomon, ya’ni “qizil shaytonlar” hujumchisi Romilu Lukakiy, “shaharliklar” bosh murabbiy yordamchisi Mikel Artetalar faol ishtirok etishgan. 
Xullas, bu ommaviy tartibsizlik xavfsizlik xizmati xodimlarining aralashuvi bilan yakun topdi. 
Ushbu g'alabadan so'ng «Manchester Siti» 46 ochko yig'di va Angliya premer-ligasi turnir jadvalida karvonboshliik qilyapti, «Yunayted» esa ikkinchi qatordan joy olgan.

Яндекс.Метрика