У нас есть только
оригинальные песни

Mourino «Liverpul»ga qarshi o'yindan 1 kun oldin hakamlik haqida gapira boshladi

calendar 16.10.2016
1286

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino 17 oktabr kuni APL 8-turi doirasida «Liverpul»ga qarshi uchrashuvga tayinlangan hakam Entoni Teylor haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

Muxlislar Teylor Manchesterga yaqin Uitenshou shahardan bo'lganiga urg'u qaratib, uning ushbu uchrashuvga tayinlanganidan norozilik bildirgandi.

«Menda bu borada o'z fikrimga egaman, ammo meni so'zlarim uchun ko'p marta jazolashgan va shu sababli o'zimni tiyaman.

Menimcha mister Teylor juda yaxshi hakam, ammo kimlardir unga bosim o'tkazmoqda. Menimcha endi u shu bosim ostida o'yinda ishlashi, yaxshi hakamlik qilishi juda qiyin bo'ladi», — deya Mourinoning so'zlarini keltirgan Goal.

Яндекс.Метрика