У нас есть только
оригинальные песни

MRB Lulu laqabli itni portlovchi moddalarni qidirishni istamagani uchun ishdan bo‘shatib yubordi

calendar 19.10.2017
922

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilishicha, Lulu laqabli itni portlovchi moddalarni qidirishni istamagani uchun ishdan bo‘shatib yuborgan, deb xabar berdi TJournal.

“Afsus bilan shuni ma’lum qilamizki, bir necha haftalik mashg‘ulotlardan so‘ng, Lulu portlovchi moddalarni qidirishga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotdi”, — deyiladi xabarda.

Murabbiylar uni ovqat va o‘yinlar bilan jalb etishga harakat qildi, biroq samarasiz. Itning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘idan xavotirlanishib mashg‘ulotarni to‘xtatishdi.

Itni unga murabbiylik qilgan inson asrab olgan va hozirda Lulu yangi do‘sti va murabbiyning farzandlari bilan o‘ylab, kunini maroqli o‘tkazmoqda.

Яндекс.Метрика