Muhabbatni daromad manbaiga aylantirganlar

Toshkentdagi bosmaxonalardan biri alvon rangli yurakcha surati aks etgan 10 dona tabriknoma (otkritka)ga buyurtma oldi. Uni tayyorlayotgan dizayner muhabbat izhori bitilgan tabriknomalarning hammasi har xil qizga atalganiga hayron bo`ldi. Ommaviy axborot vositalarining «sa`y-harakatlari» tufayli «Sevishganlar», «Avliyo Valentin» kuni deb e`lon qilingan bayramni «Zamonaviy» yigitcha shu tarzda nishonlashga qaror qilgan.

Hozirda O`zbekistonning ko`plab do`konlari, supermarketlarida yurakcha shakli aks etgan qandolat, poligrafiya mahsulotlarini, yumshoq o`yinchoqlarni, atirlarni, konfetlarni hattoki kanselyariya mollarini ham uchratish mumkin. Dunyoning biror xalqi urf-odatiga mansub bo`lmagan, na diniy, na madaniy an`analarimizga mos kelmaydigan bu bayramning o`ziga xos daromad manbaiga aylanganiga ancha bo`ldi.

Hammasi yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida G`arbdagi savdo kompaniyalarining fevral oyida savdoning tushib ketishi munosabati bilan ularning «Avliyo Valentin» kuniga yurakcha shaklidagi turli sovg`alarni ishlab chiqarishidan boshlandi. Chunki fevral oyida birorta katta bayram yo`qligi uchun savdo kompaniyalari zarar ko`rdi. Shunda ommaga unchalik ma`lum bo`lmagan 14 fevralga to`g`ri keluvchi «Avliyo Valentin» kuni yodlariga tushdi. Ularning talqin qilishicha, bu «zot» barcha sevishganlarning «homiysi» emish… Mazkur bayramni reklama qiluvchi videoroliklar namoyishidan keyin esa «telba oshiqlar» savdo do`konlarida sotilayotgan yurakcha shaklidagi sovg`alarni sotib olish uchun shoshilishdi. Ularning birortasini na «Avliyo Valentin»ning kimligi, na mazkur bayramning kelib chiqish tarixi qiziqtirdi.

Mutaxassislarning ma`lumot berishicha, yurakcha timsolining yaratilishiga ellinistik madaniyatda katta ahamiyatga ega bo`lgan pechak o`simligining yaprog`i sabab bo`lgan. U qadimgi greklarning sarmast va musallas Xudosi bo`lmish Dionisning tashrif qog`ozi va «sabr uyi»ning ramzi vazifasini ham o`tagan.

Ba`zi bir taassublarning fikricha «Avliyo Valentin» nasroniylarning Rim imperiyasigacha bo`lgan davrda yashagan avliyosi hisoblanar va mazkur bayram uning sharafiga o`tkazilar emish. Ammo bu dalil — tarixda Valentin ismli avliyo haqiqatan ham yashaganligi o`z tasdig`ini topmagan. Olimlar va teologlarning fikricha, Valentin eramizdan ilgari birinchi asrda yashagan uchta bir xil ismli nasroniy avliyolarining yig`ma obrazidir. Mazkur avliyolarning har uchalasi ham nasroniy hisoblansa-da, ularning yig`ma obrazi bo`lgan, sevishganlarning homiysi hisoblangan Valentinni birorta nasroniy cherkovi tan olmaydi. O`zining real tarixiga ega bo`lmagan, o`ylab topilgan Valentin o`zi haqida to`qilgan afsonalarga umuman mos kelmaydi.

Yana bir taxminlarga ko`ra, qadimgi Rim majusiylarining Rim shahriga asos solgan aka-uka Rem va Romulni o`z suti bilan boqqan ona bo`rining sharafiga o`tkaziladigan bayramni yo`q qilish uchun «Avliyo Valentin» kunini cherkov o`ylab topgan. Ammo bu bayram faqatgina XIX asrga kelib, Buyuk Britaniyada ommalasha boshladi. Keyinchalik u AQShda ham bayram sifatida nishonlanadigan bo`ldi.

Ming afsuslar bo`lsinkim, ommaviy madaniyat vositalari yordamida «Avliyo Valentin» kuni butun dunyoga, shu jumladan O`zbekistonga ham kirib keldi. Bir paytning o`zida o`nta qizga sevgi izhor qilish bizning xalqimizga yotdir. Xalqimiz uchun oila muqaddas hisoblanadi. Yuqoridagi bayram esa bizning milliy qadriyatlarimizga umuman ziddir.

Ayni kunlarda dunyoning turli mamlakatlarida madaniyatimizga begona bo`lgan «Avliyo Valentin kuni» deb atalmish «Qo`lbola bayram»ga qarshi kurash ketmoqda. Masalan, Rossiyada ham ruhoniylar mazkur bayramga qarshi chiqqanligi tufayli u ilgarigidek keng nishonlanmayapti. «Sevishganlar kuni»ni bayram qilayotgan yoshlar bayram bahona turli spirtli ichimliklar iste`mol qilib, ko`ngilsiz hodisalar yuz bermoqda. Yangi «bayram»ni MDHning boshqa davlatlaridagi madaniyat va san`at arboblari, shuningdek diniy tashkilotlari ham qoralab, unga qarshi chiqmoqdalar.

Bunday soxta madaniyatga xos bo`lgan «bayram»lar o`sib kelayotgan yoshlarimizga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Xalqimiz mentalitetiga yot bo`lgan mazkur bayramdan o`sib kelayotgan yosh avlodni asrash bizning eng muhim vazifalarimizdan biridir.


Комментарии (0) | Добавить: 14.02.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Galkin Pugachyova bilan nikohdan o'tdi
Alisher Usmonov yana bir futbol klubini sotib olishi mumkin
1 kunda Vladimir Putin yo'liga 50 dan ortiq bomba joylashtirilgani rostmi?
Serena Uilyams biznesmenga turmushga chiqdi
Punktual odamlarga xos 3 ta odat
Alisher Sultonov Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Prezidentning navbatdagi tashrifi Ozarboyjonga bo'ladi
2018-yildan oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari 1-avgustdan 15-avgustgacha o‘tkaziladi
Dam olish kunlari omadsizlar yo‘l qo‘yadigan 8 ta xato
To‘shakni dog‘ va noxush hidlardan tozalaymiz
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan 10 kilometrlik marafon o‘tkazadi
Ronaldu uylanadi
Rossiya aviasozlari “so'nggi kun samolyoti”ni yaratishdi
Messi “Barselona” bilan bir umrlik shartnoma imzolaydimi?
Bosh prokuratura o‘z telestudiyasiga ega bo‘ladi
Saudiya Arabistoni hukumati qo‘lga olingan shahzodalarga pul evaziga ozodlikni taklif qilmoqda
Rossiyalik teleboshlovchi Andrey Malaxov ota bo‘ldi
Turkiyaning Van ko‘li ostidan qadimiy qal’a topildi
Siemens’da ommaviy ishdan bo'shatish yuz beradi
O'zbekiston xalqaro ayollar tadbirkorligi kunini nishonlaydi
MIB tomonidan musodara etilgan LADA avtosaloni auksionga qo'yildi
O'zbekistonda qaysi kasb egalarining maoshi yuqori?
OnePlus iPhone X’ga raqobatchi bo'lgan smartfonni taqdim etdi
“Malika” savdo markazida sotilayotgan Samsung smartfonlarining narxlari ma’lum qilindi
Neymarning tovon puli ma`lum qilindi
Ronaldu va Serxio Ramos orasidan ola mushuk o'tdi
General-mayor Abdusalom Azizov Ozarboyjonga tashrif buyurdi
Hindiston hukumati Ivanka Tramp tashrifi oldidan ko‘chalarni 200 dan ortiq tilanchidan tozaladi
9 oy ichida qancha chet ellikka O'zbekistonga kirish vizasi berildi?
Ronaldu «Real»ni tark etish uchun 4ta sababga ega
Yana gaz inqirozimi? Ukrainada gaz narxi 10 barobarga oshdi