У нас есть только
оригинальные песни

Muhammad Alining tobutini bokschi Lennoks Lyuis va aktyor Uill Smit ko‘taradi

calendar 07.06.2016
2231

Britaniyalik sportchi, boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Lennoks Lyuis hamda “Ali” filmida bosh rolni ijro etgan aktyor Uill Smit marhum boks qiroli Muhammad Alining tobutini uning qarindoshlari va yaqinlari bilan birga ko‘taradi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Ilgariroq xabar berilganidek, dafn marosimi Alining ona shahri — Luisvillda bo‘lib o‘tadi. Bir muddat oldin uning tanasi Luisvillga yetkazildi.

Tobutni ko‘taruvchilar orasida Alining sparring bo‘yicha sherigi — Jimmi Ellisning ukasi Jerri, bokschining amakivachchalari Jon Greydi va Yan Vedell, jiyani Ibn Ali, kuyovi Komavi Ali, oilaviy do‘sti Jon Ramzi bor.

9-iyun, payshanba kuni Alining janozasi o‘qiladi, ertasi kuni esa uning tobuti Luisvill ko‘chalaridan olib o‘tiladi. Marosimga minglab odamlar tashrif buyurishi kutilmoqda.

 

Яндекс.Метрика