У нас есть только
оригинальные песни

Muhammad Saloh yelkasidan olgan jarohatidan butkul qutuldi

calendar 22.07.2018
815

“Liverpul”ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh Yevropa Chempionlar Ligasi finalida olgan jarohatidan butkul forig‘ bo‘ldi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp Goal nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun Saloh YChL finalida “Real”ga qarshi o‘yinda Serxio Ramos bilan to‘qnashuvda yelkasidan jarohat olgandi. Shundan so‘ng Muhammad Jahon Chempionatida ham jarohat bilan o‘yin o‘tkazdi.

Endilikda futbolchi jarohatdan tuzaldi va mavsum boshlanishiga tayyor. Angliya premyer-ligasida yangi mavsum 10-avgustda start oladi.

Яндекс.Метрика