У нас есть только
оригинальные песни

Munisa Rizaevadan ijodiy yangiliklar

calendar 31.07.2015
1583

Ayni damda oktyabr oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan yakkaxon kontsert dasturiga qizg'in tayyorgarlik olib borayotgan xonanda Munisa Rizaeva bir qator yangiliklar ustida ish olib bormoqda. Yangi tarona va videokliplar yaratish bilan birga jonli ijro ustida alohida tayyorgarlik ko'rmoqda. Munisa Rizaevaning matbuot kotibi Ibrohim Ahmedovning so'zlariga qaraganda kutilayotgan kontsert dasturi o'zbek shou-biznesi olamida shu kunga qadar bo'lib o'tgan dasturlaridan butkul farq qiladi. Dekoratsiyadan tortib dasturning stsenariysigacha boshqa kontsertlarni takrorlamaydi.

Bir so'z bilan aytganda haqiqiy Mega shou taqdim etiladi. Ayni damda Munisa Rizaeva raqqoslar o'rtasida kasting e'lon qilgan. 4-avgust kuni Yoshlar markazida o'tkaziladigan mazkur kastingda professional va xoreografiyaga mutanosib, iste'dodli hamda tajribali raqqoslar ishtirok etishlari, o'z mahoratlarini namoyon etib, svimli xonandalarining kontsert dasturida qatnashish uchun imkoniyatni qo'lga kiritishlari mumkin. Bundan tashqari xonandaning yangi tarona va videokliplari premerasining ketma ketligiga tez kunda start beriladi. Demak, bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan birinchilar qatorida bahramand bo'ling.
Яндекс.Метрика