У нас есть только
оригинальные песни

MUNISA RIZAEVADAN YIL HISOBOTI

calendar 13.12.2012
5187

MUNISA RIZAEVADAN YIL HISOBOTI - PRESS-KONFERENSIYA 

11.12.2012 soat 13:00 da xonanda Munisa Rizaevaning rasmiy press konferensiyasi bo'lib o'tdi. OAV dan juda kamchilik keldi,  internet saytlar va gazeta. Munisa Rizayevaga savollar uncha ko'p emas, sababi ijodiga hali ko'p ham bo'lmadi, bundan tashqari u haqida deyarli barcha ma'lumotlarni hamma biladi. Biroz zerikarli kayfiyatda o'tgan uchrashuvda, xonanda hamkasblari haqida achinarli va juda samimiy fikrlar bildirdi.  



Ayni vaqtda nimalar bilan bandsiz?
Ayni kunlarda, kelasi yil rejalashtirilayotgan konsert dasturimga tayyorgarlik qilyapman. Bundan tashqari MTVA taqdimot marosimida qo'shiq ijro etyapman, shunga ham tayyorgarchiliklar katta. O'zimnng rejalashtirgan konsertim oddiy va doimgi konsertlargidek bo'lishini istamayman. Umuman boshqacha, qandaydir kutilmagan yo'nalishdagi konsert berishni istayman. 

Albomingiz tayyor bo'lganligi haqida eshitdik.,,,
Ha, ilk rasmiy albomim tayyor bo'ldi. Albomda faqat "Daydi" qo'shig'i yo'q, sababi u yangi tarona, ammo albomda ikkita bonus qo'shiqlar ham bor. 

Kinodan juda uzoqlashib ketdingiz!
Ha to'gri,sababini aytsam umuman vaqt yo'q. Faqat xonandalik ijodimni rivojlantirmoqdaman. 2013-yildagi rejalashtirayotgan konsertimga tayyorgarchiligim kuchli. Oddiygina misol, hozirda "Sekin asta" qo'shig'iga klip suratga oldik. Tasvirga olish jarayoni Turkiyada, Istanbul va Bodrumda bo'lib o'tdi. Klipda bosh qahramon Narimon Sultonxo'jayev. 


Ko'pchilik "Ayrilma yor" qo'shig'i yo'nalishini davom etirishingizni so'ramoqda...
Yo'q men buni istamadim, sababi tinglovchini bir xil yo'nalish g'ashini keltiradi. 


MTVA taqdimot marosimida eng yaxshi ayol xonandalar nominatsiyasiga qo'yilibsiz...
Bundan juda hursad bo'ldim, mendan tashqari Umidaxon, Rayhon Ziyoda Shahzoda ham qo'yilgan. Men barcha xonandalarni hurmat qilaman.  Masalan Umidaxon... bu qiz faqat milliy yo'nalishdagi qo'shiqlar aytishini istagan bo'lardim, Umidaxonga faqat milliy yo'nalish yarashadi. Shahzoda ijodda ancha ko'rinmay keyin o'zini tiklab oldi, oxirgi paytlar u ijoda tinim bilmayapati. Rayhon yaqin dugonam, u ham g'olib bo'lishini juda istayman, Ziyoda haqida gapirishning hojati yo'q. Sababi u haqiqiy iste'dod egasi. 

Erkak xonandalardan kimga ovoz berasiz? 
Albatta Ulug'bek Rahmatullayevga. 

Ozodbek Nazarbekovchi? 
Ozod aka haqida, nima ham derdim. Ozod aka KRASAVCHIK-KU 

Яндекс.Метрика