У нас есть только
оригинальные песни

Munisa Rizayeva sevganining xiyonatidan so‘ng uch oy o‘ziga kelolmaganini so‘zlab berdi

calendar 04.06.2016
3091

Munisa Rizayeva “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida sevgan insonining xiyonati tufayli uzoq muddat qayg‘uda bo‘lganini aytdi. U oxirgi paytlarda tushkunlikda yurganini aynan shu bilan tushuntirdi.

“Bu holat shaxsiy hayotimdagi voqealar bilan bog‘liq. Matbuotga rasman e’lon qilmagan bo‘lsamda, hamkasblarim, yaqinlarim turmushga chiqishni rejlashtirayotganimni bilardi. To‘y kunini o‘tgan yildagi konsertimdan keyinga rejalashtirgandik. Ammo sevgan insonimning xiyonati tufayli to‘yimiz to‘xtatildi. Shundan keyin uch oy o‘zimga kelolmadim. Qalb jarohati bitishi qiyin ekan. Uni unutish maqsadida ko‘proq sayyohatda yurishga harakat qildim”, — dedi u.

Shu bilan birga, xonanda bu qiyinchiliklardan o‘tib olganini ham ta’kidlab o‘tdi:

“Hozir bu haqda biroz oson gapiryapman. Ammo uch oy oldin ‘nega xiyonat qildi?’, ‘odamlar to‘yim haqida so‘rashsa nima deyman?’ kabi savollar ich-etimni kemirib ado qilgandi. Qolaversa, san’atkorlar doim barchaning diqqat markazida bo‘ladi. Ochig‘i, yana gap-so‘zlarga qolishdan qattiq xavotirga tushgandim. Chunki salbiy gaplarni eshitish oson emas. Ammo vaqt hamma narsaga davo ekan. Oradan oylar o‘tib, endi-endi uni unuta boshladim… Hayotning turli zarbalariga chidash uchun insonning irodasi kuchli bo‘lishi kerak ekan. Bundan keyin hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonaman”.

Яндекс.Метрика