У нас есть только
оригинальные песни

Munisa Rizayeva: Yonimda kuchli suyanchig‘im bo‘lishini xohlayapman

calendar 07.05.2015
6771

Zamonaviy o‘zbek estradasida o‘ziga xos uslub yarata olgan Munisa Rizayeva "Sug‘diyona” gazetasiga intervyu berdi.

Munisa xuddi u kabi imidj, ijro va uslub yo‘nalishida kuylaydiganlarga o‘z munosabatini bildirdi:

"Eplasang, o‘z uslubingni yarat, ammo ko‘chirmakashlik qilma. Ko‘p ko‘raman, ijro uslubim, hatto kiyinishimgacha o‘zlashtirib olishadi. Qanday qilib buni o‘zlariga ep ko‘rishadi, hayronman. Men o‘zimni 25 yil izladim. 25 yil deganda o‘zim istagan uslubni topdim. Bungacha qancha mehnat qildim. Bu meniki!”.

Jurnalistning xonandadan ayni damda nimalarni istayotgani haqida bergan savoliga Munisa quyidagicha javob qaytardi:

"Oilam bo‘lishini, farzandlarni… Juda ham xohlayapman! Bugun dugonam Rayhonning egizaklarining tug‘ilgan kuniga bordim. Havasim keldi. Mening ham farzandlarim bo‘lishini istadim. Kuchliman deyman-u, lekin ba’zida charchayman. Yonimda kuchli suyanchig‘im bo‘lishini xohlayman”.


Яндекс.Метрика