У нас есть только
оригинальные песни

Muqaddas Sa'dullaeva xayajonli onlarini suratlarga muhrladi

calendar 01.08.2015
4217

Yosh va iste'dodli aktrisa Muqaddas Sa'dullaeva farzand kutayotganiga qaramay, ijoddan bir zum to'xtagani yo'q. Yaqindagina katta ekranlarda taqdim etilgan "Sadoqat” filmida yaratgan obrazidan so'ng unga bo'lgan talab yanada ortgan ko'rinadi. Sa'dullaevlar sulolasining davomchisi bo'lgan aktrisa yana bir yangi " Baxrixon yoxud alamli sevgi qissasi” nomli film uchun kastingga taklif etildi. Onalik baxtining ostonasida turgan Muqaddas Sa'dullaeva baxtli lahzalarini suratlarga muhrlashga ham ulgurdi. Kuni kecha bo'lib o'tgan fotosessiya tabiat qo'ynida amalga oshirildi. 

Ayni damda bu aktrisa ijrosidagi bir qator filmlar katta ekranlar yuzini ko'rish arafasida turibdi. Jumladan, Durdona To'laganovaning ishchi nomi "Qaytar dunyo" filmi, Qobil Karimberdievning "Telefon" nomli filmi, Abduvohid G'anievning "Aka" nomli filmlaridir. Tez kunda yangi fotojamlanma bilan birga ketma-ket filmlar namoyishini qarshi olasiz.
Яндекс.Метрика