Murakkab qarorlarni tezroq qabul qilishning 8 usuli

To'g'ri qaror qabul qilish uchun uni o'ylashga juda ko'p vaqt sarf etish shart emas, deb hisoblaydi taym-menejment bo'yicha mutaxassis Elizabet Greys Sanders. U tavsiya etadigan usullar quyidagilardan iborat.

Dastlab o'zingizni muvaffaqiyatli qaror qabul qilishga tayyorlashingiz kerak. Bu jarayon quyidagi bosqichlardan iborat.

O'ylash uchun vaqt ajrating

Tabiiyki, vaqtingiz yo'q. Agar vaqt yetishmasligi bosim o'tkazayotgan bo'lsa, kundalik vazifalarni rejalashtirishni butunlay ko'rib chiqish kerak. Qanchalik g'alati bo'lsa ham tezkor qaror qabul qilish uchun ham vaqt ajratish lozim. Qaror qabul qilish – odatdagidan ko'proq diqqat talab etadigan vazifa.

Kichik yechimlarni o'ylash uchun sizga 30 daqiqa yoki bir soat kifoya. Jiddiyroqlari uchun esa – ikki yoki uch hafta davomida bir necha soat talab etiladi. Qaror qabul qilish uchun qancha vaqt ajratmang, uni kalendarda belgilash va tanlangan jadvalga amal qilish muhim.

Qanday qaror qabul qilish kerakligini aniqlang

Qaror qabul qilishdan avval amalga oshirayotgan tanlovingiz xususiyatiga aniqlik kiritish kerak. Masalan, agar ish joyini o'zgartirish haqida o'ylayotgan bo'lsangiz, bunday qaror nafaqat ishdagi vazifalaringiz, balki ofisga yetib borish uchun yo'l, maosh, hamkasblar va boshqalarga ta`sir qiladi. Qaroringiz ta`sir qiladigan asosiy omillarni aniqlab, u yoki bu tanlov sizni haqiqatan ham xursand qilishi yoki aksi ekanini tezda anglaysiz. Balki yangi ish joyi haqidagi taklif jozibalidir, biroq ofisga yetib olish uchun har kuni ikki soat ketishiga chiday olmaysiz.

Barcha variantlarni o'ylab ko'ring

Tanlovni “ha” va “yo'q” so'zlari bilangina cheklash kerak emas. Qaror qabul qilishdan avval ehtimoldagi barcha variantlarni o'ylab ko'ring. Balki darhol ko'zga tashlanmagan kelishuvlar yoki muqobil jihatlarni toparsiz. Shuningdek, qaror qabul qilish kerak yoki zarur emasligi to'g'risida ham o'ylab ko'rish lozim. Ba`zida hech nimaga aralashmay, oqim bo'ylab suzgan ma`qul.

Bular qaror qabul qilishning asosiy tamoyillari edi. Endi tanlovni tezroq amalga oshirishga yordam beradigan usullarga o'tamiz. Ulardan har biri turli vaziyatlar uchun mos keladi.

O'z tamoyillaringizga ishoning

Agar hayotda rioya etishni istaydigan tamoyillaringiz mavjud bo'lsa, murakkab qarorlarni qabul qilishingiz oson bo'ladi. Masalan, vaqtning muayyan miqdorini oilangiz bilan o'tkazishni istaysiz yoki qarzdorlikning oshirib yuborilmaydigan asosiy darajasini belgilab olgansiz. Xizmat safari, yetib olish uzoq bo'lgan ofisga ishga joylashish yoki yirik xarid haqida qaror qabul qilish kerak bo'lsa, u yoki bu qaror tamoyillaringizga zid bo'lishini darhol tushunasiz.

Yechim variantlarini kelishib oling

Ba`zi odamlarga barcha yechimlarini eshitish yordam beradi. Agar siz ular toifasidan bo'lsangiz, muhokamadan so'ng tezroq qaror qabul qila olasiz. Bu haqida muhokama qilayotgan odamlarga bildirish shart emas. Bor-yo'g'i sizni diqqat bilan tinglaydigan odam kerak. Suhbatingizning so'ngida suhbatdosh hech nima demasa ham o'zingiz qaror qabul qilasiz.

Fikrni tashqaridan eshitib ko'ring

Ba`zida esa kimningdir maslahati kerak bo'ladi. Agar hech qachon bajarmagan ishni amalga oshirmoqchi bo'lsangiz, xuddi shunday vaziyatda bo'lgan odamdan maslahat so'rang. Biroq ehtiyot bo'ling – maslahatga ko'r-ko'rona amal qilish ham yaramaydi. O'z-o'zidan ayon tanlov bo'lib ko'rinsa-da, sizga mos kelmasligi mumkin. Agar sizga maslahat berayotgan fikrlari ma`qul bo'lmasa, rozi bo'lish va chidash kerak emas. Nima bo'lganida ham suhbat sizni yanada to'g'ri qaror sari yetaklashi mumkin.

O'z qaroringizni sinab ko'ring

Ba`zi holatlarda qaror variantini qabul qilishdan oldin sinab ko'rish mumkin. Masalan, agar ish uchun sizga boshqa shaharga ko'chishni taklif etishayotgan bo'lishsa, dastlab u yerga borib ko'rish va vaziyatni baholash yoki bo'lajak hamkasblar bilan suhbatlashish lozim. Bunday daqiqalarda yangi tajribani boshdan o'tkazasiz va tanangiz o'zini notanish muhitda qay darajada qulay his etayotganini bildiradi.

O'zingizga quloq soling

Ba`zida qaror qabul qilish jarayoni qiyin kechadi, miya bir variantni ratsional hisoblasa, yurak boshqasini to'g'ri sanaydi. Bunday holatda siz bildirayotgan umidlar haqida o'ylab ko'rish lozim. Masalan, ustozingizdan maslahat so'raganingizda u nima qilishingizni aytishiga umid qilardingiz? Biz eng ratsional mavjudot emasmiz. Ba`zida shaxsiy umidlarga quloq solish o'rinli, chunki ayrim vaqtda ular biz qaysi qarorni istayotganimizni aytadi.

Hayot murakkab tanlovlarga to'la, biroq ular vaqtingizning ko'p qismini olishi shart emas. Keyinchalik afsuslanmaslik uchun qarorlarni tezda, biroq  o'ylab qabul qilishga o'rganing.


Комментарии (0) | Добавить: 30.07.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Qo‘lingizni ko‘tarmang, foydasi yo‘q
«Xiaomi» to‘xtatiladi, o‘rniga nima chiqadi?
3800 daraja issiq bo‘ladigan va metall yomg‘irlar yog‘adigan sayyora topildi
Nega och qolsak boshimiz og‘riydi?
Vanessa Mey Toshkentda bepul konsert beradi
Yaponiya falokatli vulqon otilishi ehtimoliga tayyorgarlik ko'rmoqda
Firibgarlarning yangicha hiylasi: ​Facebook'dagi «blondinkalar»​dan ogoh bo'ling!
Markaziy bank «dollarlashuv» darajasini pasaytirmoqda
“Dunyoga mashhur qator brendlar vakillari O‘zbekiston bozoriga kirishda brendreyding ko‘rinishidagi qiyinchiliklarga duch kelgan. Negaki, ul
Adliya vazirligi: O‘zbekistonda begona brendlarning ishg‘ol etilish holatlari kuzatilmoqda
Tungi klublardagi reyd: U madaniyat o‘chog‘imi yoki fahsh? (video)
Misrda internet ustidan nazorat kuchaytiriladi
La Liga. “Barselona” mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi, Messidan dubl (video)
O‘zbekiston telefon tarmoqlarida 9 raqamli tizimga o‘tiladi
Toshkentda ilk KFC restorani sentabrda ochiladi
OAV: Toshkentning tungi klublari endi tunda ishlamaydi, Aurum 898 esa yopildi
Nega deyarli barcha samolyotlar oq rangga bo‘yaladi?
Toshkentdagi Inha universitetiga 32 yoshli rektor tayinlandi
O‘zbekistonda Qurbon hayiti sanasi ma’lum bo‘ldi
Xaridlar uchun to'lov terminallarida xavfli kamchilik aniqlandi
Shahram G'iyosov navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazishi ma`lum bo'ldi
Besh soat qoidasi yoki Bill Geyts, Jyek Ma va Ilon Maskning samaradorlik sirlari
Messi «Barselona» tarixidagi eng ko'p sovringa ega futbolchiga aylandi
Ochiq Wi-Fi tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish bo'yicha 7 maslahat
Xakerdan maslahatlar: Qanday qilib murakkab parolni yaratish va uni osongina eslab qolish mumkin?
Buyuk Xitoy devorining boshi va oxiri
Telefon trubkasini ko'targanda nima uchun “allo” deymiz?
Dizayn” jamoasining litsenziyasi bekor qilindi
Muvaffaqiyatli rahbarlarga xos bo'lgan to'rt sifat
Birinchi xalqaro konferensiyadan Shavkat Mirziyoyevning ko‘ngli to‘lmadi