У нас есть только
оригинальные песни

Murod Ahmadaliyev ham raqibini ilk raundda nokautga uchratdi

calendar 11.03.2018
1074

10 mart kuni yana bir o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Murod Ahmadaliyev professional ringdagi ilk jangini o'tkazdi.

Ahmadaliyevning katta boksdagi ilk raqibi argentinalik David Paza bo'ldi.

«The Real Deal Boxing» va «Mir boksa» kompaniyalari tomonidan tashkillashtirilgan boks kechasi «Kings Theater» arenasida bo'lib o'tdi.

Jangning ilk soniyalaridanoq Ahmadaliyev to'liq ustunlik bilan boshladi va raund oxiriga Paza uning kuchli zarbalaridan birini o'tkazib yubordi va hakam nokaut e`lon qildi.

Qayd etish kerakki, Paza professional boksda 9ta jang o'tkazib ulgurgan va shularning 4tasida g'alaba qozongandi.

Ahmadaliyev esa debyutdayoq g'alaba qozondi.

Bundan avvalroq «Uzbek Tigers»ning boshqa bir vakili Shahram G'iyosov professional boksdagi ilk janggini o'tkazib, 5-soniyadayoq raqibini nokautga tushirib g'alaba qozongani xabar qilingandi.

 

Яндекс.Метрика