У нас есть только
оригинальные песни

Murod Ahmadaliyevning ham professional boksdagi ilk raqibi Argentinadan. U hozircha 9 ta jangda ringga chiqqan

calendar 05.03.2018
833

10-mart kuni o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Murod Ahmadaliyev prof ringdagi ilk jangini o‘tkazadi.

 

“Olamsport” nashrining xabar berishicha, Ahmadaliyevning katta boksdagi ilk raqibi argentinalik David Paza bo‘ladi. Paza prof boksda 9 ta jang o‘tkazib ulgurgan. Shularning 4 tasini o‘z foydasiga hal qilgan va 4 tasida mag‘lub bo‘lgan. Yana bir jangida g‘olibni aniqlashning imkoni bo‘lmagan.

Avvalroq Shahram G‘iyosovning ham prof ringdagi ilk raqibi Argentinadan ekani ma’lum bo‘lgandi. U ham 10-mart kuni Amerika ringlarida ko‘rinish beradi.

Яндекс.Метрика