У нас есть только
оригинальные песни

Musulmonlar idorasi Muhammad payg‘ambar (s.a.v) tavallud topgan oy boshlanganini ma’lum qildi

calendar 30.11.2017
1894

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Farg‘ona viloyati vakilligi sayti musulmonlarni Muhammad (s.a.v) tavallud topgan robiul avval oyida payg‘ambarga salovot aytishga chorladi.

“Robiul avval oyi kirib kelishi bilanoq, barcha musulmonlar hayotida cheksiz xursandchilik, yuzlarida tabassumni ko‘rasiz. Buning sababi birgina, u ham bo‘lsa, olamlarga rahmat etib yuborilgan, barcha mahluqotlar sayyidi, qiyomat kunidagi 'Maqomi mahmud’ sohibi bo‘lgan Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning tavallud topgan oylaridir”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bu oy kirishi bilan ko‘pchilik musulmonlar Muhammad payg‘ambarning (s.a.v) siyratlarini o‘rganishga boshqa oylardagidan ko‘ra ko‘proq ehtimom qiladi.

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam siyratlarini o‘rgangan inson U zotga salovot yo‘llashlikdan tili ham, qalbi ham charchamaydi. Alloh taolo barchamizga robiul avval oyida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ko‘plab salovotlar aytib, ulkan ajrlarga ega bo‘lishimizni nasib etsin!”, — deyiladi xabarda.

Яндекс.Метрика