У нас есть только
оригинальные песни

Mutahassislar Tramp va Klinton hatolarini aniqlashdi

calendar 27.09.2016
1088

Prezidentlik uchun nomzodlar so'zlarining haqiqiyligini aniqlash bilan shug'ullanuvchi mutahassislar Donal'd Tramp va Hillari Klintonning 26 sentyabr' kuni bo'lib o'tgan telebahslarda ko'psonli noaniqliklar va bevosita sohtakorliklarini qayd etishgan. 

Tramp va Klintonning bayonotlari jiddiy tahlildan o'tkazilib, matbuot aksar hollarda Trampni hato so'zlari uchun tanqid qilgan. 

Masalan, Tramp o'zining 2003 yilgi bayonotlariga zid ravishda, dastlab Iroqqa qarshi urush bo'lganini ta`kidlagan. Bundan tashqari, milliarder respublikachining so'zlariga ko'ra, Klinton "umri davomida IShIDga qarshi kurashgan". Aslida, IShID dastlab "Al-Qoida" terrorchilik tashkilotining Iroqdagi sho'`basi sifatida yo'q qilingan, ammo keyinchalik, 2014 yilda Iroq va Suriyaning katta hududini egallab olish bilan qayta paydo bo'lgan edi. Bu vaqtda esa, Klinton davlat kotibi lavozimini tark etgandi. 

Hillari Klinton ham o'z navbatida, Rossiyani AQSh Demokratik partiyasiga kiberhurujlarni amalga oshirishda aybladi. Ammo, alaloqibat, The New York Times nashrining qayd etishicha, AQSh Rossiyani mazkur kiberbuzishlar uchun ayblamadi. Klinton yana, AQShning mazkur sohadagi imkoniyatlari Rossiyanikiga qaraganda kengroq ekanini ta`kidlagan bo'lsa-da, fikriga bironta ham dalil keltirgani yo'q. Donal'd Tramp, garchi AQSh razvedka tashkilotlarining Rossiyani ayblovchi ma`lumotlari matbuotda chiqqaniga qaramay, Rossiyaning bu kabi hujumlardagi ishtiroki isbotlanmaganini ta`kidladi. Aslida, amerikalik josuslar haqiqatdan bironta dalil keltirishgani yo'q. 

Klinton honimning uqdirishicha, Tramp iqlim o'zgarishlarini— "hitoyliklarning uydirmasi" deb hisoblaydi. Tramp esa, hech qachon bunday demaganini ta`kidlagan. Biroq, Tramp 2012 yili Twitter sahifasida shunday degan edi: "Global iqlim o'zgarishi kontseptsiyasi hitoyliklar tomonidan hitoyliklar uchun ishlab chiqilgan bo'lib, AQShdagi ishlab chiqarish raqobatbardoshligini yo'qqa chiqarish maqsadiga hizmat qiladi".

Va nihoyat, Trampning aytishicha, so'nggi vaqtlarda N'yu Yorkdagi jinoyatchilik keskin oshgan. Klinton esa uning bu fikrini rad etib, AQShning eng yirik shahridagi jinoyatchilik ko'rsatkichi kamayganini aytganida haq bo'lib chiqdi. Ahir Klinton ham, Tramp ham N'yu-Yorkda istiqomat qiladi.

Яндекс.Метрика