У нас есть только
оригинальные песни

Mutaxassis restoran ovqatidan zaharlanganda nima qilishi kerakligini aytdi

calendar 24.12.2015
1149

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi axborot xizmati rahbari Umida Mansurova iste'molchilar huquqlarining buzilishi bilan bog'liq savollarga javob berdi. Jumladan, sotib olingan mahsulot yaroqsiz bo'lib chiqqanda xaridordan va savdogardan nimalar talab qilinishi, mahsulot xarid qilingani to'g'risidagi chekning ahamiyati haqida atroflicha ma'lumot berdi.

Ammo, uning so'zlariga qaraganda, restoran va tammadixonalarda tanovul qilingan taomdan sog'lig'i yomonlashganini isbotlash mijoz uchun katta qiyinchilik tug'diradi, shu bois bu o'rinda iste'molchi huquqlarini himoya qilish qo'shimcha qiyinchiliklarga uchraydi.

“Bunday holatlar, avvalo, kafe va oshxonalarda sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilmaslik yoki salatlarni tayyorlash jarayonida unga ishlatiladigan mahsulotlarga yaxshi ishlov berilmaslik oqibatida kelib chiqishi mumkin, — tushuntirdi Mansurova. — Masalani oydinlashtirishda sizdan tamaddixonada ovqatlangan vaqtingiz, chek qog'ozingiz, qanday taomlarni tanovul qilganingiz haqida etarli va aniq ma'lumot talab etiladi”.

“Siz murojaat qilgan shifokoringiz tashxisi, laboratoriya tahlil xulosalari ham kerak. Shu bilan birga, tanovul qilgan ovqatingizdan namuna tuman sanitariya-epidemiologiya nazorat markazida laboratoriya ko'rigidan o'tkazilgan bo'lishi kerak. Barcha xulosalar haqiqatan ham shu kafe tomonidan tayyorlangan ovqatning sifatsizligidan sog'lig'ingizga ziyon keltirganini ko'rsatsa, sizning bu boradagi haq-huquqlaringiz, albatta, himoya qilinadi”, — xulosa qildi mutaxassis.

Яндекс.Метрика