У нас есть только
оригинальные песни

Muvaffaqiyatli rahbarlar ish kunini qanday o'tkazishadi?

calendar 21.11.2017
1002

Rahbarlar ish kuni davomida o'zlarini qanday tutishlari butun kompaniya muvaffaqiyatiga ta`sir ko'rsatadi.

Olimlar olti davlatdan bo'lgan mingdan ortiq rahbarlarni so'rovdan o'tkazishdi. Ularning maqsadi bu rahbarlar ish kuni davomida nimalar qilishi hamda ularning xatti-harakati kompaniya yutug'i va muvaffaqiyatsizligiga qanday ta`sir ko'rsatishini aniqlashdan iborat bo'lgan.

CEO Behavior and Firm Performance so'rovi natijalariga ko'ra, kun davomida vaqt shunday taqsimlanadi:

•  56% — uchrashuvlar va yig'ilishlar;
•  26% — rejalashtirish, pochta orqali muloqot va boshqa shunga o'xshash ishlar;
•  10% — shaxsiy masalalar;
•  8% — safarlar.

Shuningdek, tadqiqotchilar bu vaqt aynan nimaga sarflanishini ham o'rganib chiqishdi. Ma`lum bo'lishicha, rahbarlarni xatti-harakati bo'yicha ikki guruhga ajratish mumkin: yetakchilar va menejyerlar.

Menejyerlar ko'proq ishlab chiqarish-sotish zanjiridagi xodimlar bilan ishlaydi, mijozlar hamda yetkazib beruvchilar bilan uchrashadi. Yetakchilar esa asosan yuqori turuvchi rahbarlar va tashqi manfaatdor tomonlar bilan muloqot qiladi, rejalashtirishga ko'p e`tibor beradi.

Birinchi guruhdagilar odatda kichik korxonalarga rahbarlik qilsa, ikkinchilar yirikroq va murakkab tuzilmaga ega kompaniyalarni boshqaradi.

Olimlar rahbarlar «turi»ni kompaniya moliyaviy ko'rsatkichlari bilan taqqoslab shunday xulosaga kelishdiki, yetakchilarning kompaniyalari muvaffaqiyatliroq va serdaromad bo'lgan.

Shuningdek, tadqiqotchilar yangi rahbar tayinlangunga qadar va undan keyingi ma`lumotlarni taqqoslashdi. Ma`lum bo'lishicha, yetakchi rahbar paydo bo'lganidan so'ng kompaniyaning sermahsulligi ham oshadi. Samara uch yildan so'ng paydo bo'ladi, bu esa yetakchilar kompaniyani o'zgartirish uchun haqiqatdan ham ko'p harakat qilishlaridan dalolat beradi.

Albatta, rahbarning ish kunini qanday o'tkazishi, kompaniya faoliyati va uning hozirgi ahvoliga bog'liq. Inqiroz vaqtida o'ta muhim ko'nikmalar kerak bo'lsa, barqaror rivojlanishda – umuman boshqa.

Kichik kompaniyada yetakchi-rahbar bo'lishi qo'rqinchli emas, ammo aks holdagi vaziyat esa yirik zarar keltirishi mumkin. Rahbar-menejyerlar kompaniyaning hozirgi faoliyatiga ko'proq e`tibor qaratadi hamda aksariyat vaqtda mikromenejment bilan shug'ullanadi.

Garchi ushbu tadqiqot boshqaruv tizimiga yangicha nigoh tashlash imkonini bersa-da, uning mualliflari rahbarlarga boshqalarga qarab o'z xatti-harakatlarini o'zgartirishni maslahat berishmayapti. Qaror qabul qilganda, avvalo vaziyat hamda o'zining kuchli tomonlaridan kelib chiqish kerak. O'zingizda shunday sifatlarni topishga va ulardan foydalanishga urining, shuningdek, ular o'zini ko'rsatishi mumkin bo'lgan vaziyatlarni toping.

Яндекс.Метрика