У нас есть только
оригинальные песни

Muvaffaqiyatli rahbarning 5 fazilati

calendar 28.02.2017
1149

Katta firmaga rahbar yoki bosh direktor bo‘lishni ko‘pchilik orzu qiladi. Lekin hamma ham muvaffaqiyatli rahbarga zarur bo‘ladigan mahorat va fazilatlarga ega bo‘lavermaydi. Bizning maqolamizda yaxshi rahbar uchun zarur bo‘lgan 5 ta fazilat keltirilgan.

Yetakchilik qobiliyati

Bu faqat bosh direktor uchun emas, balki oliy bo‘g‘inning hamma rahbarlari uchun ham mutlaqo zarur bo‘lgan xislat hisoblanadi.

Zamonaviy yetakchi xodimlarni yutuqlarga, vazifasini suiiste’mol qilmaslikka va jamoa a’zolari manfaatlarini hurmat qilishga ruhlantirishi zarur.

Strategik fikrlash va rahbarlik

Oldindan ko‘ra bilish, fikrlash doirasining kengligi, kompaniya faoliyatini boshqara bilish – bularning hammasi rahbarlik lavozimida muvaffaqiyatli ishlash uchun juda zarur bo‘lgan sifatlar.

Texnik va texnologik malakalar

Eng ko‘p talab qilinadigan rahbarlik fazilatlari ichida texnik malakalar uchinchi o‘rinda tilga olinadi.

Munosabatlar o‘rnatish va jamoa tashkil qilish qobiliyati

Zamonaviy rahbar o‘zining manfaatlariga emas, balki jamoa manfaatlariga moslashishi kerak.

O‘zini ko‘rsata olish va muloqot qilish qobiliyati

Mutaxassislar fikricha, mukammal rahbar ishontira olish, o‘zini va o‘z fikrlarini ko‘rsata olish, eng katta doiradagi mafaatdor shaxslar bilan intellektual muloqotda bo‘la olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.

Яндекс.Метрика