У нас есть только
оригинальные песни

MY5 bir yoshda

calendar 12.11.2015
2578

Bugun “MY5” nodavlat telekanali o'z ish faoliyatini boshlaganiga 1 yil to'ldi. Yoshlar madaniyat va san'at markazi, “Kamolot” YoIH, O'zbekiston Elektron OAV milliy assotsiatsiyasi va “O'zbeknavo” estrada birlashmasi muassisligida tashkil etilgan mazkur telekanal, oz vaqt ichida teletomoshabinlar mehrini qozona oldi. Hozir telekanalda 100 ga yaqin xodim faoliyat yuritib kelmoqda. Unda namoyish etilayotgan ko'rsatuvlarning soni esa, qariyb 20 tani tashkil etadi. Madaniy-ma'rifiy, musiqiy-ko'ngilochar, yoshlarga yo'naltirilgan mazkur kanalning 1 yilligi 12 dekabrda nishonlanishi rejalashtirilmoqda. “Non-stop” ko'rsatuvi muallifi va boshlovchisi Baxtiyor Safarovning bergan ma'lumotlariga qaraganda, shu kunlarda estrada, kino va teatr olamining taniqli yulduzlari ishtirokida MY5ning 1 yilligi uchun yangi roliklar suratga olish ishlari boshlab yuborilgan.
Bugun telekanal faoliyatiga nisbatan ijobiy fikrlar qancha ko'p bo'lsa, unda namoyish etilayotgan ko'rsatuvlar-u taqdim etilayotgan qo'shiqlarga nisbatan tanqidlar ham kam emas. Ish bor joyda kamchilik bo'ladi deganlaridek, tez orada bu kamchiliklarning ham o'rni to'ladi, deb umid qilamiz.
Яндекс.Метрика