У нас есть только
оригинальные песни

"MYu" "Lester"ni mag'lub etib, Superkubokni qo'lga kiritdi

calendar 07.08.2016
1290

Londondagi «Uembli» stadionida Angliya Superkubogi bahsi bo'lib o'tdi. Unda amaldagi mamlakat chempioni «Lester» va Kubok egasi bo'lgan «Manchester Yunayted» o'zaro bellashdi. Unda «Manchester Yunayted» 2:1 hisobida g'alaba qozonib, kubokni qo'lga kiritdi. 

Qiziqarli kechgan uchrashuvning 32- daqiqasida JYessi Lingard hisobni ochgan bo'lsa, keyinchalik ikkinchi bo'limning 52-daqiqasiga kelib JYeymi Vardi muvozanatni tikladi. 

Bahsning 83-daqiqasida esa «MYu»ning yangi a`zosi Zlatan Ibrahimovich juda chiroyli tarzda gol urib, jamoasiga g'alaba keltirdi. 

Shunday qilib, Joze Mourin'o yangi jamoasidagi ilk sovriniga ega bo'ldi.


Angliya Superkubogi

"Lester" – "Manchester Yunayted" –  1:2

Gollar: 0:1 – 32 Lingard, 1:1 – 52 Vardi, 1:2 – 83 Ibrahimovich. 

"Lester" – Shmeyhel', Morgan, Fuks (Shlupp, 80), Hut, Simpson (Ernandes, 63), King (Mendi, 63), Drinkuoter, Olbrayton (Grey, 46), Mahrez, Okadzaki (Musa, 46), Vardi.

"Manchester Yunayted" – De Hea, Valensiya, Shou (Roho, 69), Bayi, Blind, Lingard (Mata, 63), Fellayni, Kerrik (Errera, 61), Ibrahimovich, Mars'yal' (Reshford, 70), Runi.

Ogohlantirishlar: Simpson (40), King (55), Bayi (71), Vardi (75).

Яндекс.Метрика