Nabiramga yordam bering!
03.10.2015 2308
Hayotda yaxshi odamlar bilan birga hayvondan ham hayvonroq, vaxshiy
odamlar bor ekan. Bunga o'zim guvoh bo'ldim. 2009 yil 12 iyun kuni qizim
Dildora boshiga og'ir kulfat tushdi. Aniqrog'i, qizim va nevaramdan
ayrildim. Kuyovim Doniyor ukasi Bahodir bilan uy-joy talashib,
janjalashib qolishadi. Orada katta to'polon bo'ladi. Bir muddat o'tib,
kuyovim yo'qligida ukasi Bahodir jaxl ustida qizim va nabiramni
miltiqdan otib tashladi. Bechora qizim va hali hayotning nimalini ham
anglab ulgurmagan nabiram xazon bo'ldi. Vaxshiy qotil 1 yoshli jiyanini
ham ayab o'tirmadi, vaxshiylarcha tovuqxonaga tashlab ketadi. Bechora
nabiramni bir necha marotaba o'tkazilgan operatsiyadan so'ng arang asrab
qoldik, ammo u birinchi guruh nogironi. Na yuradi, na gapiradi, bir
joyda yotadi. Onasi o'ldi, otasi undan voz kechdi va men uni
qaramog'imga oldim.
Olti yildan beri uni davolashga harakat
qilaman. Chunki meni undan boshqa yaqinim yo'q. Shifo istab, Rossiyadagi
Polenova nomidagi bolalar neyroxirurgiya institutiga olib bordim. Uni
tekshirib ko'rishdi va yoqqa turg'izish imkoni borligini aytishdi.
Tuzalishi uchun 20 ming AQSh dollari ketar ekan. Ammo menda buncha pul
yo'q va topa olmayman ham. Yoshim 61 da, pensionerman. Nabiramni
davolamasam, mendan keyin qanday yashaydi, shundan xavotirdaman. Ko'zim
tirikligida, tuzalish imkoni bor ekan, uni oyoqqa turgizish mening eng
katta maqsadim. Agar imkoningiz bo'lsa, yordamingizga muxtoj
nabiramizning davolanishiga ko'maklashning. Alloh topganlaringizga
baraka bersin!
Ko'magingizdan umidvor Piyazova Xusnidaxon opa.
Manzil: Toshkent shahri, Sergeli tumani, "Do'stlik-2”-31-28
Telefon: 962-84-30